TO’lov tizimlari

Assalomu alaykum!

21-asrda yashayotgan har bir inson kamida bir oyda bir marotaba to’lov tizimlari deb ataluvchi xizmatga ehtiyoj sezadi. Mobil telefonga pul o’tkazish, maxsulotlar sotib olish shular jumlasidandir.

Biz ana shu xizmat haqida quyida so’zlab beramiz. To’lov tizimlari haqida ko’plab soha vakillari o’z vazifalaridan kelib chiqib ta’rif berishlari mumkin, lekin biz saytimizning mavzusiga binoan ularni xalqimizga tanishtirishga harakat qilamiz. Ya’ni ularning ishlash prinsiplari, davlatda tutgan o’rinlari, qanday qilib faoliyat yuritishlari haqida emas, ulardan qanday oqilona foydalanish mumkinligi haqida so’z yuritmoqchimiz.

To’lov tizimlari nima uchun kerak

To’lov tizimlari biror xizmat yoki mahsulot uchun onlayn haq to’lash imkonini beradi.

Qulayliklari

Hozirgi kunda ularning qulayliklarini his etmagan odam topilmasa kerak bizningcha.
Masalan: mobil telefon uchun haq to’lash, onlayn do’konlardan mahsulotlar sotib olish, komunal to’lovlarni amalga oshirish, davlat xizmatlari uchun haq to’lash shular jumlasidandir. Bularning barchasi albatta, siz xohlagan joyda va siz xohlagan vaqtda amalga oshiriladi. Bu bilan qishning sovuq kunlarida yoki yozning jaziramasida ko’chaga chiqishdan halos bo’lasiz.
Bundan tashqari pullaringizning doimiy manitoringini ham amalga oshirishingiz mumkin.
Agar biz shu tarzda sanayversak, maqola cho’zilib ketishi mumkin. Uning qulayliklarini his etish uchun avvalo ulardan foydalanib ko’rish lozim.
To'lov tizimlarining foydali tomoni

Ulardan qanday foydalaniladi

To’lov tizimlaridan shaxsiy plastik kartalarni ulab, yoki elektron hamyonlar yordamida foydalaniladi. Bundan tashqari deyarli barcha to’lov tizimlarning o’zini maxsus elektron hamyonlari mavjud. Elektron hamyonlar haqida alohida maqolalarda so’z yuritamiz.

Xavfsizlik

Albatta, xavfsizlik haqida hammada savol tug’ilishi tabiiy. Har bir zamon va makonlarda bo’lgani kabi hozirda ham usta qalloblar yetarlicha topiladi. Xatto avvalgi asrlarda o’z pullarini mustahkam qal’alarda saqlagan insonlar ham o’g’rilardan aziyat chekkanlar. Hozirda ham bu muammo mavjud. Faqat bunda qal’a devorlaridan oshib kirish, yer osti yo’laklarini kavlash o’rniga, pinkod va parollarni soxtalashtirish, yolg’on to’lovlar, ishonarlidek ko’rsatilgan sovrinli o’yinlar va boshqalar pullaringizni havoga uchishiga sabab bo’ladi. Lekin har qanday odam qalloblardan aziyat chekadi degani emas. Hozirgi kunda axborot xavfsizligiga amal qilish va axborotni filtirlay olish nafaqat pullaringizni balki tinchligingizning ham garovidir.

O’zbekistonda faoliyat yurituvchi mashhur to’lov tizimlar

Hozirgi kunda o’zbekistonda o’nlab to’lov tizimlari o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Biz ularning asosiy va mashhurlaridan ba’zilarini sanab o’tamiz.

Click

Click logotipi
click.uz

Click o’zbekistonda faoliyat yurituvchi to’lov tizimlarining eng yiriklaridan hisoblanadi. U o’zining 10 milliondan ziyod abunachilariga ega. Clik tizimi uch jabhada mijozlariga xizmat ko’rsatadi.

USSD menyu orqali.

CLICK Evolution mobil ilovasi orqali.

telegram bot orqali.

click tizimi haqida kelgusida to’la ma’lumotlarni o’z ichiga oladigan maqola e’tiboringizga havola etiladi.

Paynet

Ushbu to’lov tizimi ham o’zbekistonda ko’plab mijozlarga ega bo’lgan, o’zining ko’p yillik tajribasi bilan xalqimizga xizmat qilib kelayotgan tizimlardan hisoblanadi. U PAYNET QULAY PUL mobil ilovasi orqali o’z abonetlariga xizmat ko’rsatadi.

Boshqalar

Bundan tashqari:

Oson;

Payme

Apilsin

va boshqalarni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin.

O’zbekistonda xalqaro to’lov tizimlari ham faoliyat ko’rsatadi. Bu haqida ham boshqa maqolalarda so’z yuritamiz.

Xulosa

UShbu maqolamiz to’lov tizimlari uchun so’z boshi ekanligini unutmasligimiz lozim. Kelgusi maqolalarimizda to’liq ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
E’tiboringiz uchun tashakkur???