Mobiuz o’zbekistonda to’liq VoLTE joriy qilinganini xabar berdi. Ho’sh, VoLTE o’zi nima?!

Assalomu alaykum!
WoLTE va ViLTE texnologiyalari so’nggi yillarda telekommunikatsiya sanoatida yangi inqilob yasovchi vosita sifatida paydo bo’ldi. U O’zining yuqori ovoz sifati va ilg’or xususiyatlari bilan avvalgilaridan farq qiladi. Ushbu maqolada biz ularning imkoniyatlari, tarixi, Avzalliklari, kamchiliklari, qanday foydalanish kerakligi kabilarni koʻrib chiqamiz.

WoLTE va ViLTE nima

VoLTE so’zi ingliz tilidan olingan qisqartma so’z bo’lib, VO =Voice= ovoz, LTE esa 4G ni anglatadi. ViLTE esa Vi video LTE yuqorida aytganimizdek, 4G demakdir. Ular ovozli va video qo’ng’iroqlarni 4G (LTE) tarmoqlari orqali uzatish imkonini beruvchi texnologiyadir. 2G yoki 3G tarmoqlarida ishlaydigan anʼanaviy qoʻngʻiroqlardan farqli oʻlaroq, ushbu texnologiyalar IP-=internet protocol=ga asoslangan tarmoqlardan foydalanadi, bu esa yuqori aniqlikdagi ovoz va video sifati hamda qoʻngʻiroqlarni tezroq amalga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari bu tarmoqdan foydalanib qo’ng’iroqni amalga oshirgan inson bir vaqtning o’zida yuqori sifatli internet bilan ishlash imkoniga ega bo’ladi.

Texnologiya tarixi

Ushbu texnologiya ilk bor 2012-yilda taqdim etilgan bo’lib, dastlab texnik imkoniyatlar va infratuzilmaning yetishmasligi sababli sekinroq rivojlandi. Oradan bir necha yil o’tib esa texnik taraqqiyot va tarmoq qamrovining kengayishi bilan VoLTE hamda ViLTE keng miqyosda qo’llanila boshlandi.
Hozirda dunyoning ko’plab mamlakatlari, jumladan: AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Buyuk britaniya va hindiston VoLTE va ViLTE ni standart aloqa sifatida qo’llaydi.
O’zbekistonda ilk bor 2022-yilda Mobiuz kompaniyasi tomonidan ushbu texnologiya ommaga taqdim etilgan bo’lib, hozirda boshqa aloqa operatorlari ham sekin astalik bilan uni ishga tushirishni boshlashmoqda.

Avzallik va kamchiliklari

Bu texnologiyaning foydali tomonlari haqida gap ketganda quyidagilarni aytishimiz mumkin:
1. Yuqori sifatli qo’ng’iroqlar: VoLTE tiniq ovozli qo‘ng‘iroqlarni, ViLTE esa ravon va sifatli video uzatmani taminlaydi;
Masalan siz VoLTE orqali do’stingiz bilan suhbatlashmoqdasiz. Uning ovozi esa shu darajada sifatliki, yoningizda turgandek tasavvur uyg’otadi
2. Qo’ng’iroqlarni tezroq amalga oshirish: VoLTE qo’ng’iroqlarni amalga oshirish uchun ketadigan vaqtni ber necha barobarga kamaytiradi. Masalan siz an’anaviy tarmoqdan foydalanib qo’ng’iroq qilmoqdasiz va chaqiruv gudokini eshitishingiz uchun tahminan 25 30 soniya vaqt kerak. VoLTE da esa bu 5 10 soniyadan oshmaydi.
3. Bir vaqtning o’zida ovoz va internet: VoLTE yordamida foydalanuvchilar qo’ng’iroq paytida internetdan muammosiz foydalanishlari mumkin. Aynan shu muammo barchamizda kuzatilgani aniq. Tasavvur qiling, internetda ishlamoqdasiz. Telefoningiz 4G ni ko’rsatmoqda. Shu payt kimdir sizga qo’ng’iroq qilib qoldi va unga javob berdingiz. Shunda 4G yo’qolib, internet sekinlashadi. VoLTE bilan esa bunday muammo kuzatilmaydi. Sababi VoLTE ning o’zi 4G da ishlaydi. An’anaviy aloqa esa 3G yoki 2G ni qo’llab quvvatlar edi. Shu bois ham qo’ng’iroq paytida 4G internetidan foydalanish imkoni mavjud bo’lmagan.
4. Qo’shimcha funksiyalar: ViLTE videokonfrensiya va ekran almashish kabi turli xil videoqo‘ng‘iroq funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa ko‘p qirrali muloqotni ta’minlaydi.
Kamchiliklar haqida esa quyidagilarni ayta olamiz:
1. Moslik: har qanday smartfon va aloqa kompaniyasi ham VoLTE ni qo’llamaydi.
2. Quvvat sarfi: VoLTE va ViLTE dan foydalanish oddiy ovozli qo’ng’iroqlarga nisbatan ko’proq batareya quvvati sarflashi mumkin

Undan qanday foydalaniladi

VOLTE dan foydalanish uchun avvalo smartfoningiz 4G ni qo’llashi lozim bo’ladi. Undan tashqari siz foydalanayotgan aloqa operatori ham ushbu xizmatni abonentlarga taqdim etishi zarur. ViLTE VoLTE kabi dolzarb emas bizningcha. Chunki ijtimoiy tarmoqlar orqali video aloqa yetarlicha sifatli hamda qulay. Bundan tashqari ba’zi zamonaviy smartfonlar videoaloqani ta’minlashni qo’shimcha dasturlar zimmasiga yuklashmoqda.
O’zbekistonda hozirgi paytda mobiuz kompaniyasi VoLTE dan keng foydalanmoqda. Boshqa operatorlar ham sekin astalik bilan bu xizmatni ta’minlashga harakat qilishmoqda.
Shu o’rinda yana bir jihatni unutmasligimiz kerak. Agar siz 4G hududida bo’lsangiz-u, suhbatdoshingiz 3G yoki 2G dan foydalanayotgan bo’lsa, VOLTE ishlamaydi.

Qanday smartfonlar VoLTE ni qo’llaydi

Apple, Samsung, Huawei, Google va Xiaomi kabi mashhur smartfonlar VoLTE ni qo’llab-quvvatlaydi, ammo qurilma modeliga qarab vaziyat o’zgarishi ham mumkin.

Xulosa

Shu o’rinda bir tabiiy savol tug’ilishi mumkin. O’zbekistonda 4g texnologiyasi kirib kelganiga 4 5 yildan oshdi. U holda nega bu texnologiyadan biz endi foydalanyapmiz. Sababi shundaki, 4g orqali internetni ta’minlash bilan qo’ng’iroqni ta’minlash o’rtasida farq bor. Ikkalasiga alohida texnologik yechimlar talab qilinadi.
VoLTE va ViLTE hayotimizga krib kelar ekan, texnik hayotimiz yanada rivojlanib, imkoniyatlarga boy bo’lib boraveradi.
E’tiboringiz uchun tashakkur!!!