Mobiuz ning xotirjam ta’riflari, ularning imkoniyatlari, foydali tomonlari

Assalomu alaykum!
O’tgan oylarda mobiuz aloqa operatori o’zining “Xotirjam” nomli yangi ta’rif rejalarini e’lon qildi. Ushbu ta’rif o’zida juda keng imkoniyatlarni mujassam etgan bo’lib, u haqida saytimiz o’z an’anasiga muvofiq quyidagi qo’llanmani taqdim etadi. Ushbu maqolamizda ta’rifning imkoniyatlari, uning shartlari, kimlar unga o’tishi kerakligi kabi ma’lumotlar mujassam bo’lgan.

Ta’rif imkoniyatlari

O’ylik imkoniyatlar

Quyida ko’rsatilgan imkoniyatlar oylik hisoblanadi, hamda belgilangan oylik abonent to’lovi amalga oshirilgandan so’nggina taqdim etiladi.
Tarif nomi Oylik abonent to’lovi O’zbekiston bo’yicha chiquvchi qo’ng’iroqlar Ijtimoiy tarmoqlar uchun cheksiz trafik Boshqa yo’nalishlar uchun internet trafik O’zbekiston bo’yicha chiquvchi SMSlar
Xotirjam 25 25 000 so’m Cheksiz Telegram 7 500 MB 1 000 SMS
Xotirjam 40 40 000 so’m Cheksiz Telegram, Instagram, Facebook, Facebook-messenger, Vkontakte, Odnoklassniki, WhatsApp, Viber 15 000 MB 2 000 SMS
Xotirjam 60 60 000 so’m Cheksiz Telegram, Instagram, Facebook, Facebook-messenger, Youtube, Vkontakte, Odnoklassniki, WhatsApp, Viber 35 000 MB 3 000 SMS
Xotirjam 80 80 000 so’m Cheksiz Telegram, Instagram, Facebook, Facebook-messenger, Youtube, Vkontakte, Odnoklassniki, WhatsApp, Viber, Skype, Zoom, LinkedIn 60 000 MB 3 500 SMS
Xotirjam 100 100 000 so’m Cheksiz Telegram, Instagram, Facebook, Facebookmessenger, Youtube, Vkontakte, Odnoklassniki, WhatsApp, Viber, Skype, Zoom, LinkedIn 100 000 MB 5 000 SMS

Kunlik imkoniyatlar

Quyida keltirilgan imkoniyatlar oylik abonent to’lovi yechilmagan holda bir kun uchun kunlik to’lov amalga oshirilganidan so’ng taqdim etiladi.
Ta’rif nomi Kunlik abonent to’lovi O’zbekiston bo’yicha chiquvchi qo’ng’iroqlar Ijtimoiy tarmoqlar uchun cheksiz trafik Boshqa yo’nalishlar uchun internet trafik O’zbekiston bo’yicha chiquvchi SMSlar
Xotirjam 25 1 250 so’m Cheksiz Telegram 250 MB 34 SMS
Xotirjam 40 2 000 so’m Cheksiz Telegram, Instagram, Facebook, Facebook-messenger, Vkontakte, Odnoklassniki, WhatsApp, Viber 500 MB 67 SMS
Xotirjam 60 3 000 so’m Cheksiz Telegram, Instagram, Facebook, Facebook-messenger, Youtube, Vkontakte, Odnoklassniki, WhatsApp, Viber 1 167 MB 100 SMS
Xotirjam 80 4 000 so’m Cheksiz Telegram, Instagram, Facebook, Facebook-messenger, Youtube, Vkontakte, Odnoklassniki, WhatsApp, Viber, Skype, Zoom, LinkedIn 2 000 MB 117 SMS
Xotirjam 100 5 000 so’m Cheksiz Telegram, Instagram, Facebook, Facebookmessenger, Youtube, Vkontakte, Odnoklassniki, WhatsApp, Viber, Skype, Zoom, LinkedIn 3 334 MB 167 SMS

Boshqa ma’lumotlar

Quyida keltirilgan ma’lumotlar ta’riflarning barchasi uchun amal qiladi.
Ta’rifning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu – uning ijtimoiy tarmoqlar uchun taqdim etadigan trafikning umuman cheklanmaganligi va tezlik ham maksimal ekanligida. Masalan: o’zbekiston uchun eng mashhur ijtimoiy tarmoq — telegram uchun 25 000 so’m evaziga cheksiz foydalanishni sotib olish mumkin. Undan tashqari yetarlicha trafik hamda aloqa uchun vaqt taqdim etiladi.
Qolgan limitlarni *100# USSD so’rovi orqali tekshirish mumkin.
Belgilangan limitlar tugagandan so’ng o’zbekiston bo’yicha chiquvchi bir SMS va bir MB narxi 12 so’mni tashkil etadi.
Ta’rif doirasida belgilangan limitlar keyingi oyga yoki kunga ko’chirib o’tkazilmaydi.
Abonent to’lovi ta’riflardan biriga o’tilganda shu kundan boshlab bir oy uchun yechib olinadi va keyingi to’lov sanasi keyingi oyning shu kuniga to’g’ri keladi. Agar-da oylik to’lov uchun mablag’ yetarli bo’lmay qolsa, kunlik to’lov yechiladi. Keyinchalik oylik to’lov yechilsa, ana shu yechilgan kun oylik to’lov vaqti hisoblanadi.
Ta’rif ga o’tish narxi joriy ta’rifning oylik to’lov summasi o’tish uchun tanlangan ta’rifning oylik to’lov summasidan kam bo’lsa, o’tish narxi 4210.35 so’mni, joriy ta’rifning oylik to’lov summasi tanlangan ta’rifning oylik to’lov summasidan ko’p bo’lsa, 15 000 so’mni tashkil qiladi. Undan tashqari ta’rifga o’tish uchun hisobda kamida oylik to’lov hamda o’tish uchun aytilgan mablag’ bo’lishi talab qilinadi. Masalan: siz ayni paytda oylik abonent to’lovi 90 000 so’m bo’lgan ta’rifdasiz. Endi siz «Xotirjam» ta’rifining oylik to’lovi 60 000 so’m bo’lgan turiga o’tmoqchisiz. Buning uchun hisobingizda kamida 75 000 so’m bo’lishi kerak. 60 000 so’m oylik to’lov uchun, 15 000 so’m esa ta’rifni almashtirganingiz uchun xizmat haqqi hisoblanadi. Yoki uning aksi. Siz ayni paytda oylik to’lovi 20 000 so’m bo’lgan ta’rifdasiz. Endi oylik to’lovi 25 000 so’m bo’lgan «Xotirjam» ta’rifiga o’tmoqchisiz. Bu paytda esa hisobingizda kamida 29210.35 so’m bo’lishi shart. 25 000 so’m oylik to’lov uchun, 4210.35 so’m esa ta’rifni almashtirganingiz uchun xizmat haqqidir.
«Xotirjam» tariflariga Faxriy, MOBIUZ bilan birga tarif rejalari orasida o‘zaro o‘tish narxi – 0 so’mni tashkil qiladi.
Agar kunlik to’lov yechib olinayotgan bo’lsa, va hisobni oylik to’lov uchun yetarli mablag’ga to’ldirilsa, avtomatik tarzda oylik to’lov yechib olinadi.
Abonent yillik to’lov qilishni xohlasa, kompaniyaning rasmiy ofislariga murojaat qilishi mumkin.
Ta’rif haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish uchun bu yerga bosing
Shuni eslatib o’tish lozimki, ijtimoiy tarmoqlar uchun taqdim etilgan cheksiz trafik faqat rasmiy mobil ilovada yoki brauzerdagi rasmiy mobil versiyasida taqdim etiladi. Tarif rejasiga kiritilgan cheksiz trafikdan proksi-serverlar, VPN, vositachilik saytlari orqali foydalanganda yoki telefon modem sifatida ishlatilganda, trafik uchun to‘lov tarif rejasining shartlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi yoki trafik mavjud bo‘lgan barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.

Ta’rifga kimlar o’tishi foydali

Ta’rifga o’tishda shuni inobatga olish kerakki, ushbu ta’riflarda cheksiz foydalanish mumkin bo’lgan ijtimoiy tarmoqlar juda ham ko’p. Shu sababli ham unga o’tish ko’p tomonlama foydali hisoblanadi.
Gap Yo‘q Ultra, GAP yo‘q Pro, GAP yo‘q Maxi, GAP yo‘q, Gap Yo‘q Mini, Mobi 20 ta’rifi foydalanuvchilari “Xotirjam” ta’riflaridan biriga so’zsiz o’tishlari lozim. Chunki ko’pi bilan 5 000 so’m farq evaziga yanada ko’proq limitlarga ega bo’lish mumkin.
Shuningdek, Gap Yo‘q Optima va Mobi 150 Yillik ta’riflari ham o’tish haqida o’ylab ko’rishlari lozim. CHunki “Gap Yo‘q Optima” ta’rifi foydalanuvchisi 15 000 so’m ko’proq pul evaziga ko’proq limitga, “Mobi 150 Yillik” ta’rifidagilar esa 500 000 so’m pulni tejagan holda deyarli shu limitlarga ega bo’ladi.
Undan tashqari telegramdan ko’p foydalanadigan yoki aloqa uchun 5 000 daqiqadan ko’proq vaqt kerak bo’lgan “Jozibali” ta’rifi foydalanuvchilari “Xotirjam 25”ni tanlashlari o’rinli bo’lar edi.
Imtiyozli ta’riflar hisoblanuvchi Talaba, Talaba+, Maktab, Fidokor+, Fidokor, O’qituvchi 1, O’qituvchi 2, Mobiuz bilan birga ta’riflari foydalanuvchilari ham “Xotirjam” ta’riflaridan birini tanlashlari mumkin.
Kamroq limitni xohlovchilar ya’ni Mobi 16, Omad Plus, ta’riflari egalari ko’proq imkoniyatlarni ixtiyor etganlarida “Xotirjam” ta’riflaridan biri ayni muddao bo’ladi.
Umuman olganda, mobiuz ning har qanday ta’rifi foydalanuvchisi ta’rifini o’zgartirish haqida o’ylab ko’rishi mumkin. Chunki yangi ta’riflar bu yangi imkoniyatlar demakdir.
E’tiboringiz uchun tashakkur!!!