UCELL O»ZINING «KATTA DOIMIY» TA’RIFLAR TURKUMINI TAQDIM ETDI

Ucelldan yangi “Katta doimiy” ta’riflar turkumi
Yanada qulayroq, yanada arzonroq

Assalomu alaykum!
Yaqinda o’zbekistonda eng ko’p abonentga ega bo’lgan ucell kompaniyasi o’zining “Katta doimiy” deb nomlangan ta’riflar seriyasini taqdim etdi. Xabaringiz bo’lsa “Doimiy” ta’riflar turkumi bugungi kunda faoliyat olib bormoqda. Yangi ta’rifda esa bazi limitlar ko’paytirilganini ko’rishimiz mumkin. Biz ushbu maqolamizda shu haqda so’z yuritamiz. Maqolani oxirigacha o’qib, unga kimlar o’tishi kerakligi, foydali tomonlari, texnik imkoniyatlar, qanday o’tiladi kabi savollarga javob olishingiz mumkin.

Ta’rif imkoniyatlari

Ta’rif nomi Oylik abonent to’lovi O’zbekiston bo’yicha chiquvchi qo’ng’iroqlar Umumiy internet trafik Ijtimoiy tarmoqlar uchun trafik O’zbekiston bo’yicha chiquvchi SMS Limitdan tashqari 1 MB / 1 daq. / 1 SMS narxi
Katta Doimiy 4 40 000 so’m Cheksiz 24 GB 12 GB Instagram va Fasebook uchun 1 000 SMS 50 so’m
Katta Doimiy 55 55 000 so’m Cheksiz 44 GB 22 GB Telegram, WhatsApp, Instagram va Facebook uchun 1 500 SMS 25 so’m
Katta Doimiy 70 70 000 so’m Cheksiz 80 GB 40 GB Telegram, WhatsApp, Instagram va Facebook uchun 2 000 SMS 25 so’m
Katta Doimiy 100 100 000 so’m Cheksiz 200 GB CHEKSIZ Telegram, WhatsApp, Instagram, Facebook va YouTube 2 500 SMS 25 so’m
Katta Doimiy 150 150 000 so’m Cheksiz 400 GB CHEKSIZ Telegram, WhatsApp, Instagram, Facebook va YouTube 3 000 SMS 25 so’m

Qo’shimcha imkoniyatlar

Ta’riflar doirasida quyidagi xizmatlar tekin taqdim etiladi:

Qo’shimcha ma’lumotlarni ushbu havola yordamida yuklab olishingiz mumkin.

Ta’rifga kimlar o’tishi zarur

Ushbu ta’riflarga hozirgi paytda “Doimiy 40” va undan yuqori ta’rif foydalanuvchilari o’tishlari zarur hisoblanadi. Chunki har bir ta’rifda beriladigan umumiy trafik avvalgisiga qaraganda ikki barobarga oshirilgan. Masalan doimiy 40 umumiy 12 GB trafik taqdim etsa, katta doimiy 40 24 GB ni sizga havola qiladi.
Oylik to’lov uchun 25 000 so’m va undan kamroq pul sarflovchi abonentlarga yangi ta’riflar tavsiya etilmaydi. Chunki ta’rif almashtirganingizdan so’ng avvalgi ta’rifingizga qayta olmaysiz.

Ta’rifga qanday o’tiladi?

Ta’riflarga *120# USSD so’rovi yoki ushbu havola yordamida o’tish mumkin.